“Navbahor” bosh murabbiyi premer-liganing markaziy o‘yiniga baho berdi

  • 28 sentabr, 2020, 22:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Navbahor” bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis Rossiya premer-ligasining 9-turidan o‘rin olgan TsSKA va “Lokomotiv” o‘rtasidagi uchrashuvga o‘z munosabatini bildirdi.

Tecno

- Uchrashuv yaxshi bo‘ldi va menga yoqdi. Dastlabki yarim soatda TsSKA raqibiga umuman imkoniyat bermadi va “Lokomotiv” hech qanday vaziyat yarata olmadi. TsSKAning o‘yini yoqdi. Vaziyatlar yaratildi, hujumlar bo‘ldi, lekin “armiyachilar” gol ura olmadi. “Lokomotiv” esa imkoniyatidan unumli foydalandi va keyin ham xavfli vaziyatlar yarata oldi. Umuman olganda, jamoalar bir biriga munosib o‘yin ko‘rsatdi.

“Lokomotiv”, hali o‘z o‘yinini topa olgani yo‘q va qaysi sxemada to‘p surishni bilmayapti. Bu g‘alaba “temiryo‘lchilar” uchun juda kerak va muhim edi. TsSKAga achindim, lekin bu futbol, unda shunday bo‘lib turadi, - dedi Andrey Kanchelskis.

TsSKA maydonida o‘tkazilgan poytaxt derbisida Fyodorov tomonidan kiritilgan yagona gol “Lokomotiv”ning kichik hisobdagi g‘alabasini ta’minladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
SHAXBOZ BEKMURODOV
29/09/2020 07:47
Bu Kancheliskis, deganlari juda mijg‘ov, mayda gapmi diyman, qachon qaramay birovlarni gapirib yuraykanda aloqasi bo‘sayam bo‘lmasayam, ezma undan kura novbahoringni kuchaytirishni uyla, bishqalarni gapirib nima qilasan, Stol tennisida ikki kishi uyin utqazadi diyilsa ushangayam fikir bildiradi, haqiqiy professional sportchi uzini ishini alo darajada qilib quyib kam gap bo‘ladi, uzgalar ishiga suqulmaydi.