"Navbahor" bosh murabbiyi: "Oxirgi nuqtani qo‘yadigan futbolchi topilmadi"

  • 8 noyabr, 06:30
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

OKMK - “Navbahor” (3:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Sherzod Jo‘raev mag‘lubiyat sabablari haqida gapirdi.

Tecno

- Biz yana o‘sha “Bunyodkor”ga qarshi uchrashuvda bo‘lgani kabi pozitsion xatolar tufayli gollarni o‘tkazib yubordik. Shundan keyin o‘nglashga harakat qildik. Imkoniyatlarni yaratdik. Oxirgi nuqtani qo‘yadigan futbolchi topilmadi. G‘iyosovda, Pedroda qulay vaziyatlar bo‘ldi. Bu - futbol. Siz urmasangiz, sizga urishadi. Doimo gol urgan jamoa yutib ketadi.

- Futbolchilar maydonda bir-biri bilan juda ko‘p tortishishyapti. Jamoada ichki muhit qay darajada?

- Qaysi vaziyatda?

- Jiyanov bilan Pedroda, Azimda ikki-uchta bo‘ldi...

- Azim bizda “kapitan”. Shu bois unda huquqi bor. O‘yinchilarni maydonda pozitsiyalarini to‘g‘rilashda, xatolarini maydonda to‘g‘rilashda, u bekorga sardor emas. Lekin qolgan vaziyatlar unchalik bo‘lgani yo‘q. Lekin Pedro bilan Jiyanovda bo‘ldi. Bu futbolda bo‘lib turadi. Lekin muhitimiz yaxshi. Futbolda yutqazib tursangiz o‘yinchilar xissiyotlarga berilishadi. Yoki noto‘g‘ri pas berib qolsa, bir-biriga e’tiroz bildirishadi. Odatiy hol, ammo muhit yaxshi.

- Qisqa vaqtda ikkita gol o‘tkazib yuborilganligi jamoa kayfiyatiga qanchalik ta’sir ko‘rsatdi?

- O‘zim ham tushuna olmayapman. “Nasaf” bilan o‘yinda va bu safargisida ikki xil suratni ko‘ryapmiz. Yigitlardagi intilish, xohish...Hech kim yutqazamiz deb chiqmaydi. Qo‘pol xatolar bo‘ldi, keyin futbolchilar harakat qilishdi. Faqat vaziyatlardan foydalanishda yakuniy nuqta qo‘ya olmadik. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!