"Navbahor" bosh murabbiyi: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik, desa ham bo‘ladi"

  • 4 oktabr, 09:21
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 24-turida “Xorazm” o‘z maydonida “Navbahor” bilan 1:1 hisobida durang natijani qayd etdi. Uchrashuvdan so‘ng “Navbahor” bosh murabbiyi Sherzod Jo‘raev matbuot anjumanida quyidagicha fikr bildirdi.

Tecno

- O‘yinni og‘ir kechishini bilgandik. Chunki “Xorazm” jamoasini bundan boshqa imkoni yo‘q edi. Har bir o‘yinga g‘alaba uchun chiqadi. Turnir jadvali shunga majburlayapti. Jamoada yaxshi murabbiylar va futbolchilar yig‘ilgan. Raqibni hurmat qilgan holda maydonga tushdik. Biz ham maksimal ravishda o‘zimizni ko‘rsatishga harakat qildik. Bizda ham ayrim muvaffaqiyatsizliklar bo‘ldi. Kubokdan chiqib ketdik, chempionatda ham ruhiy qiyinchiliklar bo‘ldi. Futbolchilarga rahmat aytaman, ular borini berishdi. Bu futbol. Ko‘proq xohlagan jamoa yutib ketardi.  

- “Navbahor” g‘alabani qo‘ldan chiqardimi yoki durangga erishdimi?

- G‘alabani qo‘ldan chiqardik, desa ham bo‘ladi. Chunki “Xorazm” 10 futbolchi bo‘lib qolgandi. Doim bitta narsani aytamanki, 10 kishi bo‘lib qolganda ularga qarshi o‘ynash qiyin bo‘lib qoladi. Bunday paytda siz ko‘proq oldinga harakat qilishni xohlaysiz, ammo futbolchilar vazifani esdan chiqarib qo‘yadilar. Bunday paytda hujumga ko‘proq e’tibor qaratishni istaymiz, biroq diqqat-e’tibor kamayib qoladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!