
"Navbahor" bir yo‘la to‘rt futbolchining transferi ustida ishlamoqda
SPORTS.uz sayti jurnalisti Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev o‘z telegram sahifasida "lochinlar"ning tranfer rejasi borasida fikr bildirdi:
"Navbahor" ayni damda bir yo‘la to‘rt futbolchining transferi ustida ishlamoqda. Bular Shohruz Norxonov, Luka Chermel, Farruh Ikromov va Shahboz Jo‘rabekov.Bizga ma’lum bo‘lishicha, bu transferlarning kamida 2 tasi hal etilgan.
Katta ehtimol bilan “lochinlar” to‘xtab qolmoqchi emas. Jamoa rejalarida sifatli legionerlarni olib kelish bor. Transfer oynasi yopilguniga qadar, Samvel Babayan tarkibni sezilarli darajada kuchaytirib olishni rejalashtirgan. Kelasi mavsumda intriga “bomba” bo‘ladi chog‘i"
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda transfer oynasi rasman 10 dekabrda ochilgan. Klublar 15 fevralga qadarar 10 ta futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin.
Fikrlar