
"Navbahor" "Al-Hilol" bilan o‘yinga tayyorgarlikni boshladi
Xabaringiz bor, FIFA kunlari munosabati bilan milliy chempionatimizda tanaffus yuzaga keldi.
Shu bois, 3 sentyabr kungi O‘zbekiston Coca Cola Kubogining chorak finalidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Surxon” (2:0) uchrashuvidan so‘ng, mezbon jamoa a’zolariga qisqa muddatli ta’til berilgandi.
“Lochinlar” 3 kunlik hordiqdan so‘ng, bugundan Osiyo Chempionlar Ligasi (OChL) guruh bosqichi bahslari doirasidagi 1-turdan o‘rin olgan “Al-Hilol”ga qarshi kechadigan o‘yinga tayyorgarlikni boshlab yuborishdi.
Jamoa a’zolari bugungi mashg‘ulotni Namangan shahar, Davlatobod tumanidagi “Markaziy” stadionining zaxira maydonida o‘tkazishdi.
Mashg‘ulotni Samvel Babayan boshchiligidagi murabbiylar shtabi vakillari olib borishdi. Futbolchilar bugungi mashqlarni ko‘tarinki ruhda, yuqori kayfiyatda bajarishdi.
“Navbahor” matbuot xizmati.
Fikrlar