
Natalya Vixlyantseva raqibiga imkoniyat qoldirmadi
Rossiyalik tennischi Natalya Vixlyantseva Indian-Uells shahrida o‘tkazilayotgan musobaqaning saralash bahslarini muvaffaqiyatli boshladi.
Natalya ushbu bosqichda JAR vakili Zoe Kryugerga qarshi kortga chiqdi. Unda rus tennischisi raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.
Endi "BNP Paribas Open" turnirining ikkinchi davrasida Vixlyantseva sloveniyalik Dalila Yakupovichga qarshi kuch sinashadi.
Fikrlar