"Nasaf"ni faqat vodiy klublari to‘xtata oladi...

  • 8 noyabr, 2022, 10:21
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Chempionlik uchun kurashayotgan Qarshining “Nasaf” klubi Superliga tugashiga ikki tur qolganida qoqildi. Joriy yilgi chempionatda “Nasaf” jamoasi ikki marta yutqazdi. Eng qizig‘i, ikkala mag‘lubiyati vodiy etakchilari – “Navbahor” hamda “Neftchi”ga qarshi uchrashuvlarga to‘g‘ri keldi.

Tecno

2 avgust kuni, 14-tur doirasida “Nasaf” Qarshida “Navbahor”ni qabul qildi va o‘sha bellashuvning 7-daqiqasida Asadbek Sobirjonovning goli o‘yin taqdirini hal qilgandi. 7 noyabrda esa 25-tur bahslari o‘tkazildi va unda “Nasaf” ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi, bu safar “Neftchi”dan. Izzatilla Abdullaevning 85-daqiqada urgan goli farg‘onaliklarga qimmatli uch ochkoni keltirdi. Qolaversa, “Nasaf”ning chempionlik yo‘lidagi imkoniyatlarini biroz pasaytirdi.

Ko‘rib turganingizdek, Ro‘ziqul Berdiev boshchiligidagi “Ajdarlar” Superligada “Navbahor” bilan “Neftchi”ga Qarshidagi o‘yinlarda bir xil hisobda mag‘lubiyatga uchradi. Hozircha chempionat doirasida ushbu ikki klubdan boshqasi “Nasaf”ni mag‘lub eta olgani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!