“Nasaf”ga Superliga kerakmi yoki O‘zbekiston Kubogi? Mirjalol Qosimov jamoasigachi?

  • 9 sentabr, 2022, 18:46
  • Bekzod Isayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Kubogi yarim finaliga qur’a tashlandi. Biroz avval yarim finalning bitta juftligi “Navbahor” va “So‘g‘diyona”ning imkoniyatlariga to‘xtalgandik. Endi esa “Nasaf” - AGMK qarama-qarshiligi oldidan dastlabki fikr-mulohazalarni bildiramiz.

Tecno

Qarshida bizni Namangandagidan qolishmaydigan bellashuv kutmoqda. Chunki bu jamoalarning Kubokdagi to‘qnashuvlari oxirgi yillarda har xil yakunlanmoqda. Mezbon faktori ro‘l o‘ynamayapti. Qarshida mehmonlar, Olmaliqda “ajdarlar” zafar quchmoqdi.

Bu gal ham intriga ancha yuqori bo‘lgan uchrashuvga tayyorgarlik ko‘ravering. Nega deysizmi? Buning bir qancha sabablari bor.

“So‘g‘diyona”da tanlov imkoniyati yuzaga kelishi mumkin. “Navbahor”da esa aksi

IMG_6627

“Nasaf” o‘z uyida o‘ynaydi, bunda jamoaga muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi qo‘l kelishi mumkin. Ammo Ro‘ziqul Berdiev akkreditatsiyasi olib qo‘yilgani bois murabbiylar o‘rindig‘iga bora olmaydi. Balki quloqchinlar yordamida Berdiev yordamchilariga ko‘rsatma berib turar. Shuni unutmaylikki zamonaviy futbolda bular kichik sabablar xolos.

Kubok qaysi jamoaga ko‘proq zarur? Albatta, olmaliqliklarga. Sababi Mirjalol Qosimov shogirdlari Superligada ko‘plab ochkolarni boy berib, kuchli beshlikdan ortda qolmoqda. Tabiiyki, AGMK bor e’tiborini Kubok bahslaridan izlaydi. Qosimov muhim o‘yinlarga jamoani yaxshi tayyorlashi ham bor gap.

7771571421756

“Nasaf”da vaziyat boshqacha edi. Nima uchun edi? Yaqin yaqingacha qarshiliklarning ishlari yaxshi edi. Oxirgi paytlarda esa jamoa lageridan turli xil gaplar tarqaldi. Ulardan xabar topganligingiz aniq. Berdiev chempionatda nimadir qilmoqchi bo‘lsa bu mavsum eng zo‘r imkoniyat. Chunki tarkib bir necha yillardan beri saqlanib kelmoqda va futbolchilar bir-birini yaxshi tushunadi. Qolaversa, “ajdarlar” Kubokning amaldagi sohibi hisoblanadi. “Nasaf” uchun Kubokni qo‘lga kiritilishi yangilik yoki bu mavsumdagi maqsad emasdek. Jamoa Superliga chempionligini qo‘lga kiritishni istaydi. Ammo oxirgi paytlardagi turli mish-mishlar g‘alabalarga soya solib qo‘yishi mumkin. Buning uchun murabbiy jamoa birdamligini saqlab qolishi lozim. Balki jamoa OChL yo‘lida hali uzoq davom etadigan Superligadan ko‘ra O‘zbekiston Kubogiga e’tibor qaratishni ma’qul ko‘rar?! Hammasini vaqt ko‘rsatadi. Imkoniyatlar haqida gap ketganda, dastlabki fikr hozircha tenglik deyish mumkin. Balki uchrashuvlar yaqinlashganda fikrlar o‘zgarar.

berdiev2

Bellashuv 13 oktyabr kuni o‘tkazilishi ma’lum qilindi. Ha aytgancha, O‘zbekiston Kubogi yarim finalida VAR tizimidan foydalaniladi.

 

Bekzod ISAEV

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Олға насаф
10/09/2022 10:58
Рўзиқул ака стадионда бўлмаганлиги командага янада мотивация бериши керак. Якунда албатта Насаф ютишида командага омад тилаймиз. Насаф мухлислари стадионда қўллаб-қувватлайди деб умид қиламиз. Олға Насаф !!!!
&
Muhiddin
09/09/2022 19:43
Агмк омад
&
Ашуров Бахтийор
09/09/2022 19:26
Яхши ўйин бўлади!