"Nasaf" safardan g‘alaba bilan qaytdi, "Lokomotiv" - "Qizilqum" bahsida hisob ochilmadi

  • 11 sentabr, 2021, 20:55
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga 17-turidan o‘rin olgan "Turon" - "Nasaf" bahsi nihoyasiga etdi. 

Tecno

Mazkur uchrashuvda "ajdarlar" yaypanliklarga nisbatan biroz faolroq harakat qildi va bu tabloda ham o‘z aksini topdi. O‘yinning 21-daqiqasida Husniddin Aliqulov hisobni ochdi. 84-daqiqada esa Norchaev jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi. Shunday qilib, qarshiliklar safardagi o‘yindan 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alaba bilan qaytmoqda. 

Shuningdek, 17-turning yana bir bahsida "Lokomotiv" "Qizilqum" maydonida o‘yin o‘tkazdi. Kurashlarga boy kechgan bellashuvda ikkala jamoaga ham gol urish nasib etmadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!