
"Nasaf" revansh olishga harakat qiladi yoxud bugun Superligada 3ta o‘yin bo‘lib o‘tadi
Bugun O‘zbekiston Superligasi 1-tur o‘yinlari davom ettiriladi. Unda chempionat debyutanti "Turon" o‘z maydonida "Qo‘qon-1912"ni qabul qiladi. Yangi mavsum avvalida etakchilaridan ayrilgan "Bunyodkor" esa "Mash’al"ni mehmon qiladi.
Kunning eng muhim o‘yini Qarshida bo‘lib o‘tadi. Superkubokda mag‘lub bo‘lgan "Nasaf" bugun "Paxtakor"dan revansh olishga harakat qiladi.
Superliga, 1-tur.
16:15. "Turon" – "Qo‘qon-1912"
18:30. "Nasaf" – "Paxtakor"
18:30. "Bunyodkor" – "Mash’al"
Fikrlar