
"Nasaf" Qarshida "Qizilqum"ni taslim qildi, Stanoevichdan super gol (video)
Superliganing 18-turida “Nasaf” o‘z maydonida “Qizilqum”ni qabul qildi.
Qarshidagi o‘yin qiziqarli va murosasiz kurashlarga boy o‘tdi. Yakunda 2:1 hisobida “ajdarlar”ning qo‘li baland keldi. Shu kuni “Nasaf”ga g‘alaba keltirgan gollarga Marko Stanoevich (13') va Husniddin Aliqulov (23') mualliflik qilgan bo‘lsa, “Qizilqum”ning yagona javob golini Elguja Grigalashvili (49') kiritdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar