"Nasaf" pro-liga vakilini ayab o‘tirmadi

  • 21 iyul, 2021, 09:53
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ikkinchi davraga tayyorgarlik ko‘rayotgan Qarshining “Nasaf” klubi ham reja asosida mashg‘ulotlarini davom ettiryapti. Klub matbuot xizmatining xabariga qaraganda, qarshilik futbolchilar nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.

Tecno

Superligada yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalangan holda “ajdarlar” pro-liga vakili Samarqandning “Dinamo” jamoasi bilan kuch sinashdi.

Bellashuvda “Nasaf” vakillari yirik 5:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. Uchrashuvdagi gollarga Akmal Mozgovoy, Suhrob Nurilloev (2), Oybek Bozorov hamda Husayn Norchaevlar mualliflik qilishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!