"Nasaf" o‘z uyida yana ochko yo‘qotdi. Berdiev buning sababini qanday izohladi?

  • 20 avgust, 2023, 00:27
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘tgan safar o‘z maydonida “Paxtakor” bilan 0:0 hisobida durang o‘ynagan “Nasaf” bu gal ham o‘sha natijasini takrorladi.

Tecno

Superligada jon saqlab qolish uchun kurashayotgan Navoiyning “Qizilqum” jamoasini qabul qilgan qarshiliklar raqibini engish yo‘lini topa olmadi.

Ushbu durang “Nasaf” uchun mag‘lubiyatga teng bo‘lsa, “Qizilqum”ga g‘alabaga qiyoslasa bo‘ladi.

Mezbonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev o‘yindan keyin durang natijaning sabablari xususida gapirdi.

- Natija biz kutgandek bo‘lmadi. Raqib jamoa yaxshi himoyalandi. Hujumda bu himoyani yorib o‘tishga deyarli imkoniyat topa olmadik. Ba’zi-bir vaziyatlarda qaerdadir omad yuz o‘girdi. Darvoza to‘sini, darvozabon yaxshi harakat qildi. Natija qoniqarsiz bo‘ldi. Bu biz uchun albatta og‘ir. Lekin hozir echinish xonasidan keyingi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rishni boshladik.

- Jamoaning bu o‘yinini nima deb baholaysiz? Ruhiy holat bilan bog‘liqmi yoxud ichki muhit bilan bog‘liqmi? Nima sababdan ochkolar yo‘qotilyapti?

- Albatta, o‘zimiz ham buni tushunib turibmiz. Har bir o‘yinga g‘alaba uchun, ijobiy natija uchun chiqasiz. Ichki muhit, hammasi joyida. Ba’zida shoshilganingizda, raqib yaxshi himoyalanganida, o‘yingiz chiqmaganida albatta ruhiyatga ta’sir qiladi. Hujumda bizga mahorat etishmayapti. Asosiy sabablarimizdan biri shu.

berdiev28

- Legioner o‘yinchilar ham olingan. Turdan-turga o‘yinida o‘zgarish bo‘lishi kerak. Qachongacha ularni qo‘shilib ketadi, deb kutamiz?

- O‘zimiz ham shu haqida o‘ylayapmiz. Buning ustida ko‘p ishlayapmiz. Jismoniy tayyorgarligini yaxshi holatga olib kelishga yoki ruhiy tarafdan...Ular jamoaga yaxshi kirishib ketishdi, jamoa ham yaxshi qabul qildi. Lekin hozir aytib o‘tganimdek, hujumda ba’zida mahorat etishmayapti.

- Oldinda 24 avgust kuni Superkubok o‘yini turibdi. Bu uchrashuv ham oson kechmasligi aniq.

- Albatta, raqibimiz uchun ham oson kechmaydi. Chunki oxirgi ko‘rsatgichlarni oladigan bo‘lsak, ularga qarshi yaxshi harakat qilyapmiz. O‘ylaymanki, bu o‘yin ham biz uchun ijobiy bo‘ladi.

   

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Uzbek ligion
20/08/2023 05:40
Nasafda lima bilan chaves transferi xato bulgani etmaganidek mozgovoy,yana bir ikkita futbolchilar uyinida pasayish kuzatilgan.
Шоим Зарипов
20/08/2023 15:09
Булар учун жавоб берадиган силексионер мураббий бор хвр нарсани эгасидан сураш керак селекция ишини олиб боролась урнини бушатиб куйсин у учун Бердиевга мухлислар тош отмаслиги керак.
&
nawruz.eshmurodoff2017@gmail.com
20/08/2023 06:26
Ҳужумчилар йўқ. Барча ўйинларда Насаф 9 киши бўлиб ўйнаяпти. Чавез билан Лима деганларидан кўра ўзимизнинг қишлоқлардаги олдий ҳаваскор ўйинчилар ҳам яхшироқ ўйнайди. Билмадим бу икки легионер нимага олиб келинган - томошабинларнинг асабига тегиш учунми?