“Nasaf” nega g‘alabani qo‘ldan chiqardi? Qosimov va Berdiev to‘qnashuvida kim bir qadam oldinda bo‘ldi?! Qarshidagi uchrashuvni muhokama qilamiz!

  • 15 mart, 2021, 06:30
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

SPORTS.uz hozirgina yakuniga etgan “Nasaf” va AGMK o‘rtasidagi uchrashuv haqida fikr yuritadi.

Tecno

Murabbiylar dueli:

Berdiev o‘z uslubiga sodiq, ammo...

lkuщplщulkp

“Paxtakor”ga boy berilgan ilk turdagi o‘yindan so‘ng, Berdiev hech narsani o‘zgartirgani yo‘q. “Nasaf” bosh murabbiyi Olmaliq klubiga qarshi o‘sha-o‘sha o‘yin uslubiga sodiq qoldi va ilk daqiqalardanoq 4-3-3 sxemasidan foydalandi. Tajribali mutaxassis tezkor gol kiritish va ilk 30 daqiqani super darajada o‘tkazishga e’tibor berdi.

Ro‘ziqul Sa’dullaevich qanot himoyachilarini alohida vazifa bilan “jangga” tashladi. Sherzod Nasrullaev va Jo‘rabek Mannonov oldinga intilish vazifasi bilan o‘ynadi. Hujumdagi vingerlar Bozorov va Yo‘ldoshev qarshi hujum chog‘ida markazga ko‘chishi va qanot himoyachilariga bo‘sh zona ochib berishi lozim edi.

Qosimov ulgurdi

lrkeщkelrщkler

Mirjalol Qo‘shoqovich ham “Lokomotiv”ga qarshi o‘yindan farqli o‘laroq, ehtiyotkor taktikadan foydalandi. Qosimov bir necha yillardan beri foydalanib kelayotgan 4-2-3-1 sxemasiga murojaat etdi. Qanotlarda Fortes va Toshmatov hujum uyushtirish vazifasi yuklatilgan bo‘lib, Qosimov birinchi navbatda to‘p nazoratiga urg‘u berdi.

Zaxira o‘rindig‘ida Zafar Polvonov bo‘lishiga qaramay, mutaxassis yana Kasyanga imkon berishga qaror qildi. Mirjalol Qo‘shoqovich asosiy e’tiborini yakkakurashlarda g‘alaba qozonish va standart vaziyatlardan maksimum naf chiqarishga qaratdi. Tanlangan taktika va o‘yin uslubi juda sodda, biroq samarali edi.

O‘yin jarayoni

Qosimov tanlagan taktik sxema hakam hushtagi chalinganidan 5 daqiqa o‘tib yo‘qqa chiqdi. Sherzod Nasrullaevning qanotdan yorib kirib, to‘pni uzatib berishi gol bilan yakunlandi. Jarima maydonchasi ichida to‘g‘ri joy tanlagan Husayn Norchaev boshi bilan to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi. Bu aniq zarba o‘yindagi barcha narsani o‘zgartirib yubordi. Tezkor gol ikki jamoa uchun ikki xil ta’sir ko‘rsatdi.

lukrщulkщrlukщlr

E’tiborlisi shundaki, ilk taymda “Nasaf” 2 bor hisobdagi ustunligini yaxshilab olishi mumkin edi, biroq hujumdagi vaziyatni gol bilan yakunlashning imkoni bo‘lmadi. Mirjalol Qosimov birinchi bo‘limning o‘zidayoq vaziyatni o‘nglamoqchi edi, ammo “Nasaf”ning qanot vingerlari AGMKni hujumga o‘tishiga imkon bermadi. Istalgan daqiqada raqib qanotlar orqali hujumga borishini inobatga olgan Qosimov hujumlarni to‘liqligicha pozitsion uyushtirishga ko‘rsatma berdi. Mehmonlar butun jamoa bo‘lib hujumga o‘tish maqsadida bir necha daqiqa sarflagani uchun “Nasaf” maydon markazini raqibiga topshirib qo‘ydi. O‘yining 40-daqiqasiga qadar Berdiev ilk taktik ko‘rsatmalarini o‘zgartirgani yo‘q.

kerlщkelrщkelr

Ikkinchi bo‘lim boshlanishi bilan barchasi o‘zgacha tus oldi. Qosimov shogirdlarini to‘liq oldinga o‘tishga chorladi. “Nasaf” esa, ushbu taymda vaziyatdan kelib chiqib harakat qilishni boshladi. 53-daqiqada Ro‘ziqul Berdiev zaxiradan Abubakir Rizo Turdalievni Shohmalik Komilovning o‘rniga maydonga tashladi. Bu yurish orqali Berdiev jamoa o‘yin sxemasini 4-1-4-1 ga o‘zgartirdi. Keyinroq Stanoevichning zaxiraga olinishi orqali qarshiliklar to‘liq natija uchun harakat qilishga o‘tdi. Serb o‘yinni tark etgach, “Nasaf” maydon markazidagi kurashlarda g‘alaba qozona boshladi. Oybek Bozorov reydlari bilan o‘yinga ko‘rk qo‘shganini inobatga olmasak, “Markaziy”ga yig‘ilgan muxlislar zerikib ham qoldi. Berdiev “Paxtakor” bilan o‘yindagi omadsizlikdan so‘ng, birinchi o‘ringa ehtiyotkorlikni qo‘ydi. AGMK esa, o‘zining uzoq cho‘ziluvchi pozitsion hujumlari bilan o‘yin tempini ancha tushirib yubordi. 75-daqiqaga kelib, to‘p uchun kurash maydon markaziga ko‘chdi. Shu erda Qosimovning zaxirasi ancha kuchli ekani qo‘l keldi. Husniddin G‘ofurov va Zafar Polvonov jamoasiga maydondagi ustunlikni ta’minlab berdi. AGMK pressingni Abduvohid Ne’matovning darvozasi oldidan boshladi. Oqibatda, “Nasaf” tavakkal qilmaslik uchun to‘pni ikkinchi qavatdan oldindagilarga uzatib bera boshladi. Hujumdagi uchlik baland bo‘yli emasligi pand berdi.

kerlщkelrщkler

AGMK 80-daqiqaga kelib, to‘liq maydon markazini egalladi. Berdiev havodan kelayotgan to‘plar uchun kurashda faolroq bo‘lishi uchun Norchaevni Muhriddin Zoirovga almashtirdi. “Sherlar”ga qarshi o‘yindan farqli o‘laroq, Berdiev ikkinchi bo‘limdagi o‘zgarishlar bilan o‘z pozitsiyani yaxshilamoqchi bo‘ldi. Qosimov esa, o‘z uslubiga qarshi bordi. U 80-daqiqada tayanch zonasidagi Sanjar Tursunovni zaxiraga oldi va Zafar Polvonovni “jangga” tashladi. AGMK o‘z o‘yin sxemasini 4-4-2 ga o‘zgartirdi. Ikkita markaziy hujumchi “Nasaf” jarima maydonchasi ichida sarosima paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Oqibatda, oradan 2 daqiqa o‘tib gollandiyalik Elvin Fortes “ajdarlar” darvozasini ishg‘ol qildi.

zrekdzrdkezker

To‘g‘ri, qarshiliklar vaziyatdan chiqib ketishga harakat qildi, ammo maydon markazi qo‘ldan chiqqan, o‘yin tempi esa ancha tushib ketgan edi. Natijada, “Nasaf” ikkinchi turda ortiqcha ehtiyotkorligi uchun 3 ochkodan quruq qoldi. AGMK esa, o‘z vaqtida tavakkal qilgani uchun Olmaliqqa bir ochko bilan qaytdi.

Uchrashuv qahramoni

ukplщkulpщuklpukp

So‘zsiz, Elvin Fortes “Markaziy”dagi eng yaxshi futbolchi bo‘ldi. Butun o‘yin davomida faol bo‘lishga urindi va hisobni tenglashtirdi. Qosimovning yangi topilmasi qatorasiga ikkinchi turda ham gol kiritgani tahsinga sazovor. Eng muhimi shundaki, u og‘ir o‘yinlarda nomini tabloga yozdirib qo‘ymoqda.

Hademay bu sermahsullik AGMKga chempionlik uchun kurash imkoniyatini yaratib berishi ham mumkin. Hozircha, Elvin o‘yinning eng yaxshi futbolchisi.

So‘nggi so‘z o‘rnida

kelrщkerщlker

Uchrashuv ko‘pchilik kutganidek tomoshabob bo‘lgani yo‘q. Maydon markazi va ikkinchi qavatdagi kurashlar, xato uzatmalar va ehtiyotkorlik o‘yinni zerikarli tus olishga sabab bo‘ldi. Nima ham derdik, ba’zan shunaqasi ham bo‘lib turadi.

“Nasaf” jamoasidagi kadrlar muammosi baribir ko‘zga tashlanmoqda. Jamoada sof hujumchi yo‘q. Qarshiliklarga baland bo‘yli, ikkinchi qavatda faol bo‘lishga qodir ijrochi kerak. Bu faktor “konchilar” bilan bahsda yaqqol ko‘zga tashlandi.

Olmaliq klubida ham muammolar yo‘q emas. Jamoaning maydon markazi va hujum chizig‘i o‘rtasida uzilishlar kuzatilmoqda. “Lokomotiv”ga qarshi bahsda ham bu ko‘zga tashlangan edi. Shunday bo‘lsada, mavsum endi boshlandi. Sekin-astalik bilan chiziqlar o‘rtasidagi bog‘lamlik paydo bo‘lishi aniq.

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!