
"Nasaf" nazorat uchrashuvida "Navbahor"ni mag‘lub etdi
“Nasaf” klubi matbuot xizmatining xabar berishicha, bugun "ajdarlar" Superligada yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalangan holda Namanganning "Navbahor" jamoasi bilan kuch sinashdi. Uchrashuv Toshkentdagi "To‘qimachilik" stadionida bo‘lib o‘tdi. Nazorat bellashuvida “Nasaf” 2:1 hisobida zafar quchdi.
Har ikkala gol ham birinchi bo‘limda kiritildi. 19-daqiqada Jo‘rabek Mannonovning jarima zarbasidan oshirib bergan to‘pini G‘olib G‘aybullaev boshi bilan raqib darvozasiga joylab qo‘ygan bo‘lsa, 28-daqiqada Dilshod Saitovning o‘ng qanotdan oshirgan to‘pini Shohmalik Komilov namanganliklar darvozasiga kiritdi. “Navbahor”ning yagona javob goliga 62-daqiqada Slavisa Stoyanovich mualliflik qildi.
“Nasaf” tarkibi: Azamat Soyibov, G‘olib G‘aybullaev, Dilshod Saitov, Jo‘rabek Mannonov, Husayn Norchaev (Ja’far Karimov, 80), Suhrob Nurilloev (Shahzod Akramov, 60), Akmal Mozgovoy (Abubakr-Rizo Turdialiev, 46), Sardor Sa’dullaev (Jasur Jumaev, 75), Sherzod Nasrullaev, Shohmalik Komilov (Marko Stanoevich, 46), Ukeme Uilyams (Murodbek Rahmatov, 40).
Fikrlar