
"Nasaf" legioneri "Andijon" darvozasiga yubiley golini urdi
“Nasaf” klubi “Andijon” maydonida 1:1 hisobida durang o‘ynaganidan xabaringiz bor. 57-daqiqada qarshiliklarning serbiyalik hujumchisi Andriya Kaluderovich penaltidan gol urdi.
E’tiborlisi shundaki, ushbu legioner “Nasaf” safida Superligadagi birinchi golini kiritdi.
Keyin ma’lum bo‘lishicha, hujumchi faoliyati davomida yubiley 200-golini raqib darvozasiga kiritgani oydinlashdi. Bu haqida Kaluderovich o‘zining feysbukdagi sahifasida shunday yozib qoldirdi:
“Kecha O‘zbekiston Superligasida, “Andijon”ga qarshi o‘yinda faoliyatimdagi 200-rasmiy golimni kiritishga erishdim. Bundan keyin ham gollar kiritishda davom etishdan umid qilib qolaman”.
Fikrlar