
"Nasaf" kichik ta’tilga chiqdi
Bugun “ajdarlar” ikkiga bo‘lingan holda nazorat uchrashuvi tashkil qilishdi. “Oqlar” va “ko‘klar” o‘rtasida kechgan basda “ko‘klar” 5:2 hisobida g‘alaba qozonishdi.
Gollarni Oybek Bozorov (2), Dilshod Rahmatullaev, Mbeke Siebatcheu, Murodbek Xo‘jamberdiev — Sharof Muhitdinov va Shahboz Nuriddinov kiritdi.
Nazorat uchrashuvidan so‘ng, futbolchilarga javob berildi. “Ajdarlar” 20 yanvarda o‘z qarorgohida yig‘iladi va tibbiy ko‘rikdan o‘tadi, - deya xabar berdi, klub matbuot xizmati.
O‘z o‘rnida shuni ham qo‘shimcha qilish joizki, “Nasaf” etakchilari – Bobur Abduxoliqov hamda Sharof Muhitdinovning oxirgi paytlarda klubni tark etishi kutilayotgandi. Lekin hozircha ikkala futbolchi ham jamoa bilan birga, bugungi o‘zaro uchrashuvda ular ham ishtirok etdi.
Fikrlar