
"Nasaf" etakchisiga Eron klubi qiziqish bildirmoqda
O‘zbekiston terma jamoasi va "Nasaf" yarim himoyachisi Akmal Mozgovoyga Eronning "Sepaxon" klubi qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Reza Rahmani xabar berdi
Isfaxon klubi o‘tgan mavsum chempionatda 3-o‘rinni egallagan bo‘lsa, joriy mavsum 2-pog‘onani band qilib turibdi. Jamoa bu mavsum o‘z oldiga chempionlikni maqsad qilgan.
Ma’lumot uchun, 25 yoshli futbolchi 2024 yilgi mavsum Superligada 23 ta o‘yinda ishtirok etib, 4 bora raqiblari darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, bitta samarali uzatmani amalga oshirdi. Bundan tashqari, yilning eng yaxshi futbolchisi sovrinini ham qo‘lga kiritdi.
Fikrlar