"Nasaf" bugun OFK kubogida Tojikiston klubiga qarshi o‘ynaydi

  • 17 may, 2021, 02:22
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun OFK Kubogida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan “Nasaf” guruh bosqichining 2-turida Tojikistonning “Xo‘jand” jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

Tecno

“Xo‘jand” – “Nasaf” uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi. Ushbu o‘yinni Futbol TV telekanali orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, “Xo‘jand” jamoasi guruh bosqichining 1-turida Turkmanistonning “Oltin Asr” jamoasi bilan 2:2 hisobida durang qayd etgan edi. “Nasaf” esa xuddi shu turda qo‘shni Qirg‘izistonning “Oloy” klubi darvozasiga javobsiz 4 ta gol urdi.

Agar Ro‘ziqul Berdiev jamoasi bugungi o‘yinda g‘alaba qozonsa, pley-off masalasini muddatidan avval hal qilgan bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!