
"Nasaf" - "Navbahor" o‘yini "Sport" TVda jonli efirda namoyish etiladi
Bugun O‘zbekiston Liga kubogining dastlabki turi start oladi.
Avvalroq “Sport” telekanali bugungi uchrashuvlar orasida “Paxtakor” va “Qo‘qon-1912” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni jonli efirda namoyish etishini ma’lum qilgandik. Ayni paytda SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, telekanal dasturlarida o‘zgarish bo‘lgan ular Toshkentdagi o‘yinni yozib olingan, Qarshidagi bellashuvni esa jonli efirda namoyish etishadi.
Eslatib o‘tamiz, "Nasaf" - "Navbahor" o‘yini 19:15da boshlansa, “Paxtakor” - “Qo‘qon-1912” bahsi soat 19:00da start oladi.
Fikrlar