"Nasaf" - "Dinamo" o‘yini oldidan nimalar ma’lum?

  • 23 may, 2024, 16:04
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Nasaf” Superliganing 9-turida Samarqandning “Dinamo” jamoasini qabul qiladi. Bellashuv 25 may kuni soat 19:00 da start oladi. Uchrashuv chiptalarini «Nasaf» futbol klubining rasmiy saytidan xarid qilishingiz mumkin.

Tecno

Quyida “Nasaf” va “Dinamo” jamoalarining hozirgacha o‘tkazgan uchrashuvlari haqidagi statistik ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin:

Bu ikki jamoa O‘zbekiston chempionatida shu vaqtga qadar 42 bor to‘qnash kelishgan. Bo‘lib o‘tgan 22 uchrashuvda “Nasaf”, 8 bellashuvda esa samarqandliklarning qo‘li baland kelgan. 12 uchrashuvda esa durang natija qayd etilgan.

To‘plar nisbati 62:38. Ustunlik “Nasaf” tomonida.

O‘zaro uchrashuvlarda qayd etilgan eng yuqori hisoblar quyidagicha: “Nasaf” — “Dinamo” - 5:0, “Dinamo” – “Nasaf”- 4:0.

E’tiboringizga, jamoalar ishtirokidagi Qarshida bo‘lib o‘tgan besh uchrashuvning natijalarini havola qilamiz:

03.11.2023 | Nasaf — Dinamo - 1:0

30.11.2019 | Nasaf — Dinamo - 1:2

20.10.2017 | Nasaf — Dinamo - 3:0

19.06.2015 | Nasaf — Dinamo - 2:0

15.03.2014 | Nasaf — Dinamo - 1:0

“Nasaf” futbol klubi matbuot xizmati.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!