
Narxida o‘zgarish kuzatilgan futbolchilarimiz bilan tanishing
So‘nggi kunlarda futbolchilar qiymati borasida xabar beruvchi Transfermarkt portalida ma’lumotlar yangilanmoqda.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilarining ham yangilangan narxlari taqdim etildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra narxi ko‘tarilgan futbolchilarimiz soni 8 tani tashkil qilgan bo‘lsa, 5 nafar vakilimiz narxi pastladi.
Narxi ko‘tarilgan futbolchilar:
Abduvohid Ne’matov - 1,5 million evro (+ 600 ming evro)
Botirali Ergashev - 350 ming evro (+ 100 ming evro)
Abduqodir Husanov - 12 million evro ( + 7 million evro)
Sherzod Nasrullaev - 1,2 million evro ( + 200 ming evro)
Akmal Mozgovoy - 1,30 million evro (+ 300 ming evro)
Abbosbek Fayzullaev - 8 million evro (+ 2 million evro)
Jamshid Iskanderov - 900 ming evro (+ 50 ming evro)
Umar Adhamzoda - 400 ming evro (+ 100 ming evro)
Narxida pastlash kuzatilgan futbolchilar:
Rustam Ashurmatov - 700 ming evro (- 100 ming evro)
Farruh Sayfiev - 350 ming evro (- 50 ming evro)
Hojiakbar Alijonov - 800 ming evro (- 100 ming evro)
Abdulla Abdullaev - 750 ming evro (- 50 ming evro)
Azizbek Amanov - 600 ming evro (- 100 ming evro)
Fikrlar