Narxi 100 mln evroga baholanayotgan futbolchi qaysi jamoaga o‘tmoqchiligini aytdi

  • 9 aprel, 2020, 21:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Leverkuzenning "Bayer" klubi yarim himoyachisi Kay Xaverts faoliyatini qaysi jamoada davom ettirmoqchiligi ma’lum bo‘ldi.

Tecno

Sky Sport Deutschland nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 20 yoshli germaniyalik futbolchi "Bavariya"da o‘ynamoqchi. O‘z navbatida myunxenliklar bosh murabbiyi Xansi Flik ham Xavertsni o‘z jamoasida ko‘rish istagida. Ammo, koronavirus tufayli yuzaga kelgan inqiroz ushbu transfer amalga oshishiga to‘sqinlik qilishi mumkin.

Gap shundaki, “dorishunoslar” Xavertsning transferini 100 mln evroga baholashmoqda. “Bavariya” esa bunday sharoitda qimmat transferni amalga oshira olmasligi mumkin.

Xaverts joriy mavsum “Bayer” safida 34 ta o‘yinda maydonga tushdi va 10 ta gol hamda 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Unga shuningdek, "Real", "Barselona", "Liverpul" va "Manchester Yunayted" klublaridan ham qiziqishlar bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!