“Napoli”ning muhim futbolchisi jiddiy jarohat oldi
Italiya A Seriyasining 8-turidan o‘rin olgan “Napoli” va “Inter” (3:1) jamoalari o‘rtasidagi bahsda Kevin De Bryuyne jarohat olib, maydonni erta tark etgan edi. Yarim himoyachining ahvoli qanday ekanligi haqida haqida neapolliklar matbuot xizmati ma’lum qildi.
Xabarga ko‘ra, penaltini ijro etish vaqtida jarohat olgan belgiyalik futbolchi “Pineta Grande” shifoxonasida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Tekshiruvlar natijasida De Bryuynening o‘ng sonidagi son orqa mushaklari (biseps femoris) yuqori darajada shikastlangany aniqlangan.
Uning safga qachon qaytishi hozircha noma’lum, biroq tiklanish jarayoni uzoq davom etishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Antonio Konte shogirdlari hozirda A Seriya turnir jadvalida 18 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.



Fikrlar