“Napoli”ga emas, “Roma”ga o‘taman!

  • 3 dekabr, 2022, 17:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Sassuolo” etakchisi Davide Frattezi tez orada jamoasini o‘zgartirmoqchi. Mahoratli futbolchiga chempionlik uchun kurashayotgan “Napoli” va avvalgi mavqeini tilamoqchi bo‘layotgan “Roma” qiziqish bildirmoqda.

Tecno

Har ikki xaridor 23 yoshli hujumkor futbolchini yanvar oyida transfer qilishni rejalashtirmoqda.

Frattezi aslida “Roma” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. “Bo‘rilar” asosiy tarkibiga kira olmagan markaziy yarim himoyachi o‘z omadini “Askoli”, “Empoli”, “Montsa” kabi klublarda ham sinab ko‘rgan.

Uning so‘nggi ikki mavsum davomida “Sassuolo” safida namoyish etayotgan o‘yini qator grand klublar e’tiborini tortdi.

Frattezining o‘zi Joze Mourino qo‘l ostida “Roma”da to‘p tepish variantini ma’qullayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!