“Napoli”da katta janjal! Echim qanday bo‘ladi?

  • 1 sentabr, 2024, 11:42
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Napoli”da klub rahbariyati va jamoaning keyingi yillardagi eng zo‘r to‘purari Viktor Osimxen o‘rtasidagi mojaro kelib chiqdi.

Tecno

Mutasaddilar nigeriyalik hujumchini A Seriya qaydnomasidan chiqarib, uning raqamini yangi forvard Romelu Lukakuga berib yubordi. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano xabar tarqatdi.

Manbaning ta’kidlashicha, klub va futbolchi o‘rtasidagi munosabatlar butkul buzilgan.

“Napoli” Viktor Osimxen transferidan pul ishlab olishga harakat qilgandi. Yozgi transferlar oynasi yopilishi arafasida 25 yoshli o‘yinchi “Chelsi”ning katta taklifini rad etdi va Angliyaga ko‘chib o‘tishdan bosh tortdi.

Agar klub Osimxenni o‘ynatmasa, mashhur charm to‘p ustasida Arab mamlakatlari taklifini qabul qilish varianti bor.

Transfer summasi 100 million evroga baholanayotgan Osimxen Neapol shahri jamoasida shu paytgacha 133 ta uchrashuvda maydonga tushib, 76 ta gol va 18 ta assist muallifi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!