
"Napoli yosh himoyachini o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin
Serbiyaning "Partizan" klubi yarim himoyachisi Matiya Popovich Italiyaning "Napoli" klubiga o‘tishga yaqin turibdi.
17 yoshli yarim himoyachi avvalroq "Bavariya"ning transfer maqsadi bo‘lgandi. Jurnalist Fabritsio Romano xabariga ko‘ra, Popovich ayni damda "Napoli"da tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda, shundan so‘ng u klub bilan uzoq muddatli shartnoma imzolaydi va "Frozinone"ga 6 oylik ijaraga beriladi.
Manbaning ta’kidlashicha, "Bavariya" Popovichni qo‘lga kiritmoqchi emas, ammo Myunxen klubidan serbiyalik futbolchiga jiddiy qiziqish bo‘lgan. Ilgari yarim himoyachiga Italiyaning boshqa bir klubi - "Milan" ham qiziqish bildirgandi.
Fikrlar