"Napoli" yirik hisobda g‘alaba qozondi

  • 29 oktabr, 2021, 01:40
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

A Seriya 10-turidan o‘rin olgan "Napoli" - "Bolonya" uchrashuvi yakunlandi. Mazkur bahsda maydon egalari 3:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi. 

Dastlab, 18-daqiqada Fabian Ruis gol urdi. So‘ngra Insine ikki bor penaltidan unumli foydalanib, hisobni yirik 3:0 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi. 

Ushbu g‘alabadan so‘ng neapolliklar hisobidagi ochkolar sonini 28 taga etkazib olib, A Seriya turnir jadvalida peshqadamga aylanib oldi. 12 ochkosi bor "Bolonya" ayni damda 12-o‘rinni band etib turibdi. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!