
"Napoli" vingeri PSJga o‘tishga rozi, ammo...
"Napoli" Xvicha Kvaratsxeliyani PSJga 150 million evrodan kamiga sotmaydi.
Klub 23 yoshli yarim himoyachining o‘zi allaqachon PSJga o‘tishga rozi bo‘lganiga qaramay, uni saqlab qolish niyatida, deb xabar bermoqda "Corriere dello Sport".
Parijliklar 100 million evrolik taklif bilan chiqdi va bu taklif qabul qilinmadi. Neapolliklar150 milliondan kam mablag‘ni ko‘rib chiqmoqchi emas.
Xvicha joriy mavsumda "Napoli" safida 44 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar