"Napoli" o‘z etakchisini sotib yuborishga qaror qildi

  • 24 aprel, 2019, 16:22
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Napoli" klubi rahbariyati jamoa hujumchisi Lorentso Insinening jamoadagi kelajagi borasida bir qarorga keldi.

Tecno

Corriere dello Sport nashri tarqatgan xabarga qaraganda neapolliklar rahbariyati so‘nggi paytlarda jamoa murabbiylari va muxlislar bilan mojaro keltirib chiqarayotgani bois 27 yoshli italiyalik futbolchini transferga qo‘yishga qaror qilgan. Unga esa PSJ, "Liverpul" va "Chelsi" klublaridan jiddiy qiziqishlar bor.

Ma’lumot uchun, Insine “Napoli” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2012 yildan buyon asosiy jamoada to‘p surib kelmoqda. O‘tgan davr mobaynida Insine “Napoli” safida jami 300ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 76ta gol hamda 70ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!