
"Napoli" Osimxen bilan shartnoma muddatini uzaytiradi
KO‘plab top klublar qiziqish bildirayotgan Viktor Osimxen "Napoli" bilan yangi shartnoma imzolash arafasida. Bu haqida insayder Di Martsio xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, hujumchi bilan tuziladigan yangi bitim 2026 yilgacha amal qiladi. Shuningdek, uning tovon puli 130 million evro qilib belgilanadi.
Osimxen "Napoli" safida ushbu mavsum 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 marta gol urgan bo‘lsa, 2 ta assist amalga oshirdi. Hujumchi yaqindagina yilning eng yaxshi afrikalik futbolchisi deb topilgandi.
Fikrlar