
"Napoli" Losano uchun 42 mln evro bermoqchi
“Napoli” klubi hamon PSV vingeri Irving Losanoni qo‘lga kiritish fikridan qaytmayapti.
Corriere dello Sport nashri tarqatgan xabarga qaraganda A Seriya vitse-chempioni 24 yoshli meksikalik futbolchini 42 mln evroga sotib olishmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq agar Losano “Napoli” safiga o‘tsa, yiliga 4,5 mln evro maosh olishi borasida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Losano o‘tgan mavsum Gollandiya chempionatida jami 30ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 17ta gol hamda 12ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar