"Napoli" etakchilaridan biri APL klubiga o‘tmoqda

  • 30 avgust, 2020, 10:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Napoli" yarim himoyachisi Allan faoliyatini "Everton"da davom ettiradi.

Tecno

Football Italia nashri tarqatgan xabarga qaraganda, “irischilar” 29 yoshli futbolchi uchun neapolliklarga 25 mln evro va yana 3 mln evro bonus berishmoqchi. Tez orada Allan tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Angliyaga etib keladi.

Allan o‘tgan mavsum “Napoli” safida 33 ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 2 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!