
"Napoli" bugun mag‘lub bo‘lishi mumkin. Chunki...
“Napoli” forvardi Dris Mertens to‘pig‘idan olgan jarohatidan hali ham to‘liq forig‘ bo‘lmadi. U 16 dekabr kuni “Inter”ga (0:1) qarshi o‘yinda jarohat olgan edi.
Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, belgiyalik futbolchi bugun bo‘lib o‘tadigan “Kalyari”ga qarshi o‘yinda ham ishtirok etolmaydi.
Qayd etish lozimki, “Napoli” Mertenssiz o‘tkazgan 9 ta o‘yindan bor yo‘g‘i 2 tasida g‘alaba qozongan xolos. U maydonga tushgan 42 ta o‘yindan 24 tasida esa g‘alaba qozongan.
“Kalyari”ga qarshi o‘yin qaydnomasiga hujumchi Viktor Osimxen va himoyachi Kalidu Kulibali ham kiritilmadi. “Kalyari” – “Napoli” bellashuvi Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlanadi.
Fikrlar