
“Napoli” 130 million evroga bermagan o‘yinchini endi hech kim olmayapti
“Napoli” rahbariyati transfer bozorida katta xatoga yo‘l qo‘ydi. Avvalgi mavsumda neapolliklarning chempionligiga katta hissa qo‘shgan Viktor Osimxenning xaridori ko‘payib ketgan edi.
Biroq klub xo‘jayinlari nigeriyalik futbolchi uchun berilgan 120-130 million evrolik takliflarga rad javobini berdi.
Ayni paytda bu o‘yinchiga talab kuchayib ketgan. PSJ Kilian Mbappening ketishi aniq bo‘lganidan keyin Osimxenni so‘ragan edi. Biroq Viktorga bu chorlov ma’qul kelmadi.
Osimxenga “Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta ham qiziqish bildirgan. Biroq klub rahbariyati nigeriyalik forvardga katta summa tikmoqchi emas.
Kutilgan xaridorlardan biri “Chelsi” ham boshqa variant topdi. “Aristokratlar” e’tiborini La Ligada porlagan Artyom Dovbikka qaratdi.
Fikrlar