Naoya Inouening navbatdagi raqibi ma’lum

  • 11 iyul, 2024, 13:48
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
BEPUL PROPAN

To‘rt vazn toifasida boks bo‘yicha jahon chempioni yaponiyalik Naoya Inoue (27-0, 24 KO) navbatdagi jangini IBA yo‘nalishi bo‘yicha sobiq jahon chempioni avstraliyalik Ti Jey Doheni(26-4, 20 KO)ga qarshi o‘tkazadi.  Bu haqida ESPN jurnalisti Mayk Kopinger o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, Inoue va Doxeni sentabr oyida Tokioda jang o‘tkazishadi. Unda yaponiyalik sportchi ikkinchi o‘ta engil vazn toifasida chempionlik kamarini himoya qiladi.

Ma’lumot uchun, Naoya Inoue 31 yoshda. Yaponiyalik professional ringdagi debyutini 2012 yilda o‘tkazgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!