Naoya Inoue Murodjon Ahmadaliev bilan jang qilmoqchi

  • 7 sentabr, 2023, 08:28
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
BEPUL PROPAN

Professional boksning birinchi yarim engil vazn toifasida (55,3 kg) WBC va WBO kamarlarini qo‘lga kiritgan P4P reytingi etakchilaridan biri, yaponiyalik Naoya Inoue ushbu vaznda kimlar bilan jang qilmoqchi ekanini aytib o‘tdi. 

"Men Marlon Tapalesdan so‘ng Kazimero, Neri va Ahmadaliev bilan jang qilishni xohlayman. 

Agar ularni hammasini enga olsamgina yarim engil vaznga xotirjam ko‘tarila olaman. 

Men yana 2, 3 yil shu vaznda bo‘lishim va 33 yoshgacha yarim engil vaznga o‘tmoqchiligimning sababi shu", - deydi Inoue mahalliy telekanalga bergan intervyusida. 

4 vaznda jahon chempioni hisoblangan yaponiyalik bokschi yaqinda Stiven Fultonni muddatidan oldin mag‘lub etgan holda WBC va WBO kamarlari egasiga aylangan. Endilikda, uning navbatdagi raqibi WBA va IBF kamarlari egasi Marlon Tapales bo‘ladi. 

Eslatib o‘tamiz, hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliev ushbu vazn WBA yo‘nalishida eliminator jangida ishtirok etadi va natija ijobiy bo‘lgan taqdirda, Inoue-Tapales bahsi g‘olibiga majburiy da’vogar bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!