
Naoya Inoue AQShda jang o‘tkazadi, raqib...
Ikkinchi eng engil vaznda mutlaq jahon chempioni, yaponiyalik Naoya Inoue (29-0, 26 KO) hamda amerikalik Ramon Kardenas (26-1, 14 KO) o‘rtasidagi jang rasman e’lon qilindi.
Chempionlik jangi 4 may kuni AQShning Las-Vegas shahridagi "T-Mobile Arena" majmuasida bo‘lib o‘tadi. Bu Inouening 2021 yildan beri AQShdagi ilk jangi hisoblanadi.
Naoya ushbu bahsda g‘alaba qozonsa, sentyabrda Yaponiyada WBA Interim chempioni, hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliev bilan to‘qnash keladi.
Bu haqda O‘zbekiston professional boks federatsiyasi xabar bermoqda.
Fikrlar