Nani: "Fergyuson MYuda etakchi edi va nimani talab qilsa, biz bajarishimiz shart edi"

  • 17 sentabr, 21:35
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" sobiq hujumchisi Luish Nani o‘zining taniqli murabbiyi Ser Aleks Fergyuson haqida fikr bildirdi.

Tecno

"U etakchi edi va nimani talab qilsa, biz bajarishimiz shart edi. MYuda g‘alabalar madaniyati aynan uning tomonidan qurilgan. U klubda mutlaq boshliq edi. Juda a’lo inson, hech qachon yutqazishni xohlamasdi va yoqtirmasdi", – dedi Nani bloger Aleksey Gasilinning YouTube-kanalida.

Eslatib o‘tamiz, Fergyuson qo‘l ostida "qizil iblislar" Angliya chempionatini 13 marta, Chempionlar ligasini esa ikki marta yutib olgan.

Joriy mavsumda esa "Manchester Yunayted" APLda 4 turdan keyin 4 ochko jamg‘ara oldi va 14-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!