Namanganlik para-pauerliftingchilar O‘zbekiston chempionatida birinchi o‘rinni egallashdi

CHERY AUTO

 

Tecno

4-5 may kunlari Toshkent shahrida para-pauerlifting bo‘yicha Respublika chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda yurtimizning barcha hududidan 150 dan ortiq sportchi g‘oliblik uchun bahslashdi.

O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan ushbu chempionatni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad iste’dodli yosh sportchilarni saralab olish va terma jamoaga nomzodlar ro‘yxatini ko‘zdan kechirishdir. Musobaqada erkaklar -49, -54, -59, -65, -72, -80, -88, -97, 107 vazn toifasida hamda ayollar -41, -45, -50, -55 vazn toifalarida kurash olib borishdi.

pauer4

Ikki kun davom etgan chempionatda yurtimizning 14 ta hududidan ishtirok etgan para-atletlardan umumjamoa hisobida 1-o‘rinni Namangan viloyati, 2-o‘rinni Xorazm viloyati, 3-o‘rinni esa Andijon viloyati sportchilari egallashdi. Sovrinli o‘rinlarni egallagan ishtirokchilar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi. Bu haqida MOQ xabar bermoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!