

Namanganda stol tennischilar mahoratlarini oshirmoqda
Jumladan, Namanganda ayni kunlarda, Xalqaro stol tennisi federatsiyasining Osiyo kontinentida stol tennisini rivojlantirish bo‘yicha menejeri Matyaz Serker (Sloveniya) tomonidan terma jamoamizning turli yosh toifadagi a’zolariga o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazilmoqda.
– Joriy yilgi mavsum ham yakunlandi, biroq, biz uchun oldinda yirik musobaqalar turibdi. Qolaversa, kelasi yili Tokio shahrida bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritish uchun bor kuch-g‘ayratimiz bilan xarakat qilishimiz kerak, – deydi O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi raisi Saida Mahmudova. – Shu sababli ham federatsiyamiz bir qator chet davlatlari bilan aloqalar o‘rnatmoqda va u erdan mutaxassislarni olib kelmoqdamiz. Bundan ko‘zlangan maqsad esa sportchilarimizning mahoratlarini yanada oshirishdir. Matyaz Serker (Sloveniya) 11 dekabr kuniga qadar tennischilarimizga taktik va texnik hamda jismoniy holat bo‘yicha nazariy hamda amaliy mag‘ulotlarni o‘rgatadi.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda stol tennisi bo‘yicha yaponiyalik tajribali mutaxassis, Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Seiko Iseki tomonidan seminar va mahorat saboqlari o‘tkazilgan edi.
Fikrlar