Namanganda kurash bo‘yicha Jahon chempionati o‘tkazildi

CHERY AUTO

Asrlar osha o‘zida mardlik, halollik, jasorat kabi fazilatlarni jamlagan va milliy sport turimiz bo‘lgan belbog‘li kurashni dunyo bo‘ylab keng miqyosda rivojlantirish maqsadida 2021 yilning 27 sentyabrida Litva davlatining Vilnyus shahrida Jahon belbog‘li kurash assotsiatsiyasi (JBKA) tashkil etildi va rasman Evropa Ittifoqidan ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Tecno

Xabaringiz bor, mazkur assotsiatsiyaga o‘zbekistonlik hamyurtimiz Azizbek Abduxalilovich G‘aniev prezident etib saylandi. Jahon belbog‘li kurash assotsiatsiyasi tashkil etilib, Azizbek Abduxalilovich ushbu xalqaro tashkilotga prezident etib tayinlangach, rosti belbog‘li kurashga bo‘lgan e’tibor yanayam kuchaydi. JBKA tashkil etilgandan so‘ng qisqa fursatlarda belbog‘li kurash bo‘yicha Evropa, Pan Amerika, Osiyo konfedratsiyalari tashkil etildi.

JBKA va O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi (raisi Ravshan Dastirov) tashabbuslari bilan o‘tgan yili noyabr oyida Jizzax shahrida hamda joriy yil may oyida Qo‘qon shahrida yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun jahon chempionatlari yuqori saviyada bo‘lib o‘tganligi belbog‘li kurashni er kurrasi bo‘ylab ommalashayotganidan darak beradi. Yana bir asosiy jihat, bunday jahon chempionatlarining mamlakatimizda o‘tkazilishi yoshlarimizning belbog‘li kurash bilan shug‘ullanishi yanayam ortishiga (hozirda shug‘ullanuvchilar soni 36 mingdan ortiq), turizmning keng rivojlanishiga hissa qo‘shishi bor gap.

Milliy sport turimiz belbog‘li kurashni Osiyo o‘yinlari, Evropa o‘yinlari, qolaversa, olimpiya o‘yinlari oilasiga kiritish Jahon belbog‘li kurash assotsiatsiyasi (JBKA) va O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasining bosh maqsadlaridan sanaladi. Buning uchun JBKA va O‘BKF tomonidan uzoq yillik puxta va aniq istiqbolli dastur-rejalar ishlab chiqilmoqda. Buning yaqqol isboti sifatida joriy yil 8 - 11 sentyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun Namangan viloyatining Namangan shahrida ilk bor belbog‘li kurash bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionatini aytishimiz mumkin.

Namangan shahrida joylashgan “Barkamol avlod” sport majmuasida o‘tkaziladigan mazkur jahon Gruziya, Belarus, Belgiya, Eron, Isroil, Rossiya, Ruminiya, Ukraina, Pokiston, Xitoy, Italiya, Turkiya, Kamerun, Shvetsiya Moldova, Hindiston, Mo‘g‘iliston, Latviya, Estoniya, Qozog‘iston kabi qator davalatlardan 300 nafardan ortiq sportchilar ishtirok etishdi.

Ushbu jahon chempionati O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi, Jahon belbog‘li kurash assotsiatsiyasi (JBKA), Namangan viloyati hokimligi, Namangan viloyati prokraturasi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, Namangan viloyati sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi, O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi hamda qator vazirlik va tashkilotlar ko‘magida yuqori saviyada o‘tkazildi. Dastlab, musobaqaning tantanali ochilish marosimi tashkil etildi va unda ishtirok etgan Namangan viloyati hokimi, Oliy Majlis Senati a’zosi Shavkat Abdurazzoqov hamda Jahon belbog‘li kurash assotsiatsiyasi prezidenti Azizbek G‘aniev mamlakatimizda aholini sport bilan muntazam shug‘ullanishi, jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilib, iste’dodli, professional sportchilarni tayyorlashning kompleks tizimi yo‘lga qo‘yilganligini ta’kidlashdi va musobaqa ishtirokchilariga omad tilashdi.

Ochilish marosimida shuningdek, “Adolat” SDP Siyosiy Kengashi raisi o‘rinbosari Umidjon Sulaymonov ishtirok etib, sportchilarga muvaffaqiyat tilagan holda Jahon belbog‘li kurash assotsiatsiyasi Prezidenti Azizbek G‘anievga “Adolat” SDP faoli sifatida fuqarolarning huquqiy faolligini oshirishda va belbog‘li kurashni rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasi uchun “Adolat” ko‘krak nishonini topshirdi. Marosim taniqli estrada xonandalarining kuy – qo‘shiqlariga ulanib ketdi. Ayniqsa, Kuba davlatidan taklif qilingan san’atkorlarning ijro etgan qo‘shiqlari ishtirokchilarga yanayam ko‘taringkilik bag‘ishladi.

Chempionat doirasida sport turlarini rivojlantirish, xalqaro toifadagi sport ustalari va sportchilar tayyorlash, ayollar o‘rtasida sportni ommalashtirish hamda sport sohasida yanada hamkorlikni kuchaytirish va do‘stlik aloqalarini mustahkamlash borasida Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzaqov va Boshqirdiston Respublikasi Sport vaziri Ruslan Xabibovlar o‘rtasida Memorandum ham imzolandi.

Ikki tomonning kelishuviga asosan, davlat tashkilotlari, ta’lim muassasalari, federatsiyalar va boshqa sport tuzilmalari o‘rtasida ommaviy sport turlari, nogironlar sporti, elita sporti va sport bo‘yicha kadrlarni tayyorlash yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli dasturlar, tajriba va ma’lumotlar almashinuvi yo‘lga qo‘yilishi borasida kelishib olishdi.

Jahon chempionatida belog‘li kurash va belbog‘li kurashning erkin yo‘nalishi bo‘yicha erkaklar - 57, - 62, - 68, - 75, - 82, - 90, - 100, + 100 kg. vazn toifalarida kuch sinashsa, ayollar - 52, - 58, -66, - 76, +76 kg. vaznlarda g‘oliblik uchun bahs olib borishdi.
Demak jahon chempionatining birinchi kungi belbog‘li kurash bo‘yicha g‘olib va sovrindorlari bilan tanishamiz.
Erkaklar (belbog‘li kurash yo‘nalishi)
57 kg. 1. Shaxzod Abdurahmonov (Afg‘oniston). 2. Jamoliddin Ne’matullaev (O‘zbekiston), 3. Abdulahad Nosirov (O‘zbekiston), 3. Nodirbek Abdumalikov (O‘zbekiston).
62 kg. 1. Fayzulla Munisjonov (O‘zbekiston), 2. Bekpo‘lat Bokirov (O‘zbekiston), 3. Shoxruh Zokirov (O‘zbekiston), 3. Oybek Hamidov (Tojikiston).
68 kg. 1. Murodjon Hamidov (O‘zbekiston), 2. Oybek Sultonov (O‘zbekiston), 3. Ilyos Soliev (Afg‘oniston), 3. Abdurasul Xabibullaev (O‘zbekiston).
75 kg. Ilhomjon Mashrapov (O‘zbekiston), 3. Nusratbek Sultonboev (O‘zbekiston). 3. Abuehson Ashurzoda (Tojikiston), 3. Mardonali Suloymonov (O‘zbekiston).
82 kg. Husniddin Ro‘ziev (O‘zbekiston), 2. Muhiddin Nuraliev (O‘zbekiston), 3. Ahrorbek Abduqaimov (Turkmaniston), 3. Shahzodbek Mirzayorov (O‘zbekiston).
90 kg. 1. Rustamjon Umarov (O‘zbekiston), 2. Tojiddin To‘ychiev (Tojikiston), 3. Boburmirzo Mo‘ydinov (O‘zbekiston), 3. Adham Valijonov (O‘zbekiston).
100 kg. 1. Zaylobiddin Ortiqov (O‘zbekiston), 2. Nodirbek Ahatjonov (O‘zbekiston), 3. Abrorbek Abduqayumov (Qirg‘iziston), 3. Mirxalil Ibragim o‘g‘li (Qirg‘iziston).
+ 100 kg. 1. Baxtiyor Jumaboev (O‘zbekiston), 2. Mahmad Mirov (O‘zbekiston), 3. Kamal Feyziev (Ozarbayjon), 3. Joldasbek Bektursunov (Qozog‘iston).
Ayollar (belbog‘li kurash yo‘nalishi)
52 kg. 1. Manzuraoy Mo‘ydinova (O‘zbekiston), 2. Muxlisaxon Sotvoldieva (O‘zbekiston), 3. Alena Fatyukova (Rossiya). 3. Moxigul Ibragimova (O‘zbekiston).
58 kg. Shoira Qalandarova (O‘zbekiston), 2. Maftunaxon Adahamova (O‘zbekiston), 3. Muxtasar Turg‘unova (O‘zbekiston), 3. Elzada Mo‘minjonova (Qirg‘iziston).
66 kg. 1. Maftunabonu Mahmudova (O‘zbekiston), 2. Alena Puknova (Rossiya), 3. Zemfira Azatova (O‘zbekiston), 3. Durdona Mirzamahmudova (O‘zbekiston).
76 kg. 1. Dilafro‘z Mamajonova (O‘zbekiston), 2. Mereke Xudoybergenova (Qozog‘iston), 3. Go‘zal Zutova (Ozarbayjon), 3. Dilshoda Usmonjonova (O‘zbekiston).
+100 kg. 1. Tatyana Zuryanova (Rossiya), 2. Shirinoy Yuldosheva (O‘zbekiston), 3. Hayotxon Jo‘raboeva (Tojikiston), 3. Muxlisa Ikromova (O‘zbekiston).
Musobaqaning ikkinchi kungi belbog‘li kurashning erkin yo‘nalishi bo‘yicha (borba na poyasax)g‘oliblari bilan tanishing.
Erkaklar (erkin yo‘nalish)
57 kg. Jandos Abubakirov (Qozog‘iston), 62 kg. Sadirali Nurlan o‘g‘li (Qirg‘iziston), 68 kg. Xabibullo Tinchtyuk o‘g‘li (Qirg‘iziston), 75 kg. Xolmirza Hasanboev (O‘zbekiston), 82 kg. Murat Tatarkulov (Rossiya), 90 kg. Emil Nizamitdinov (Rossiya), 100 kg. Qaysar Shamsiddinov (Qozog‘iston), +100 kg. Dmitriy Balyanov (Rossiya).
Ayollar (erkin yo‘nalish)
52 kg. Alena Fatekova (Rossiya), 58 kg. Bibigauxar Polatbaeva (O‘zbekiston), 66 kg. Alina Pukxova (Rossiya), 76 kg. Endzxe Yusupova (Rossiya), + 76 kg. Tatyana Zuryanova (Rossiya).
Erkaklar (Erkin yo‘nalish)
57 kg. Kalmuxan Turmakxanbet (Qozog‘iston), 62 kg. Adilet Shalgunbek o‘g‘li (Qozog‘iston), 68 kg. Ilnar Zakirov (Rossiya), 82 kg. Artur Zulkarnaev (Rossiya), 90 kg. Aidarbek Toktarbek (Qozog‘iston), 100 kg. Bulat Musin (Rossiya), + 100 kg. Ramazan Shashamishev (Rossiya).

Yakuniy natijalarga ko‘ra, umumjamoa hisobida O‘zbekiston terma jamoasi eng ko‘p medallar jamg‘argan holda faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi. Rossiya hamda Qozog‘iston jamoalari ikkinchi va uchinchi o‘rinlarga loyiq deb topildi.
Musobaqalar yakuniga etgach taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Taqdirlash marosimida Jahon belbog‘li kurash assotsiatsiyasi prezidenti Azizbek Abduxalilovich G‘aniev,O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi raisi Ravshan Dastirov, Osiyo belbog‘li kurash konfedratsiyasi raisi Mo‘min Muratov va boshqalar ishtirok etishdi.

Belbog‘li kurash yo‘nalishi bo‘yicha har bir vaznda birinchi o‘rinni egallagan sportchilar 10 000 000 so‘m, ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan sportchilar 7 000 000 so‘m, uchinchi o‘rinni band etgan polvonlar 5 000 000 so‘m pul mukofotlari hamda diplom va medallar bilan mukofotlanishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!