"Namanganda bir qarorga kelgandik, hech narsaga erishmoqchi emasman, shunchaki..." - Grigalashvili peshqadam safidan autsayder jamoasiga nega o‘tdi?

  • 6 avgust, 2022, 12:36
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Gruziyalik hujumkor futbolchi Elguja Grigalashvili ancha vaqtdan beri chempionatimizda to‘p surib kelyapti va shuning evaziga bu o‘yinchining nimalarga qodirligini yaxshi tasavvur qila olamiz. Tajribasiga shubha yo‘q, istalgan jamoasining o‘yinini kuchaytirishga qodir. Shu sababli ham anchadan beri klublarimiz unga xaridor bo‘lib kelishadi.

Tecno

Bilasiz, joriy mavsum avvalida Guja Namanganning “Navbahor” klubiga ko‘chib o‘tgandi. Uni Babayan jamoasiga mos tushishi tabiiy jarayon sifatida baholandi. Bir qarashda barchasi yaxshi ketayotgandi. Birinchi davrada Grigalashvili namanganliklar safida 12 ta uchrashuvda maydonga tushdi. 3 ta gol urdi va 4 bor sariq kartochka bilan siylandi. U gol urgan uchrashuvlarda “Navbahor” albatta g‘alaba qozongan. Biroq yozgi transfer oynasi yopilayotgan mahalda kutilmaganda gruziyalik legionerning “Navbahor”dan “Dinamo”ga o‘tgani haqida xabar chiqdi.

guja2

Bizningcha, buni hech kim kutmagandi. Ayniqsa, birinchi o‘rindagi jamoadan oxirgi pog‘onadagi klub safiga qo‘shilishi balki hayolimizga kelmagan ish bo‘lgandir. Ammo ligada qolish uchun jiddiy kurashishga kirishayotgan “Dinamo” shunga yarasha tarkibini kuchaytirishga jiddiy bel bog‘ladi. Shuning evaziga samarqandliklar Grigalashvili bilan kelishuvga erishishga muvaffaq bo‘ldilar. Maqsad “Dinamo”ni Superligada saqlab qolish. Ammo oson bo‘lmaydi, buning ustiga ikkinchi davradagi taqvim ham noqulay. Avvaliga Toshkentda “Paxtakor” bilan o‘ynaganini ko‘rgandirsiz, hujumkor bahsda “Dinamo” 2:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Oldinda Samarqand jamoasini o‘z uyida “Nasaf” bilan o‘tadigan yana bir jiddiy o‘yin kutmoqda. Fursatdan foydalangan holda Grigalashvilining klubini o‘zgartirganiga nima sabab bo‘lgani haqida qiziqib ko‘rdik.

- Elguja, sizni “Navbahor” bilan xayrlashishingizni o‘ylamagandik. Sizni u erdan ketishingizga nima jiddiy sabab bo‘ldi?

- Bu masalada hech qanday sabab yo‘q. Shunchaki, ketdim.

- “Navbahor”ga qo‘shilgan ilk paytingizda maqsadingiz kattaligi va klub bilan chempion bo‘lmoqchi ekaningiz haqida aytgandingiz. Sobiq jamoangiz bo‘yicha hozir ham shu fikrdamisiz?

- Ha, maqsadlar bor edi va hozir ham shunday. “Navbahor” jamoasining o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishiga umid qilib qolaman.

guja1

- Endi “Dinamo” bilan nimaga erishmoqchisiz?

- Hech nimaga erishmoqchi emasman. Shunchaki, jamoaning Superligada qolishi yo‘lida qo‘limdan kelganicha yordam bermoqchiman.

- Sizni yaxshi bilamiz. Bunga qadar kuchli klublarda to‘p surishingizga ko‘nikib qolgandik. Vaziyat bunday tus olishini siz ham kutmaganmidingiz?

- Futbolda hamma narsa bo‘lishi mumkin.

- Nima uchun aynan transfer oynasi yopilayotgan mahalda bu ish sodir bo‘ldi?

- Biz o‘shanda bu haqida gaplashganmiz va birgalikda Namanganda bir qarorga kelgandik.

guja3

- “Dinamo” “Paxtakor”ga qarshi yaxshi taassurot qoldirdi. O‘yin ham gollarga boy o‘tdi. Bu borada nima deya olasiz?

- Nima deyishim mumkin? Albatta, yaxshi o‘yin bo‘ldi. Ikkala jamoa ham xavfli hujumlar uyushtirdi. Tomoshabinlar uchun qiziqarli kechdi. Lekin natija biz uchun ko‘ngildagidek bo‘lmadi.

- “Dinamo”ni oldinda “Nasaf” bilan o‘yin kutyapti. Kuchli raqibni qanday yutmoqchisizlar?

- Buni sirli joyi yo‘q. Shunchaki, maydonga chiqib, maksimum darajada o‘ynash kerak. Hammani ham yutish mumkin. Men shunday o‘ylayman.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!