Najafaliev katta tanaffusdan keyin "Navbahor" o‘yinida ishlaydi
O‘zFHM matbuot xizmati Superliganing 2-turida ishlaydigan referilar ro‘yxatini e’lon qildi. Unga ko‘ra, 11 mart kuni o‘tkaziladigan "Navbahor" — "Metallurg" bahsini Asker Najafaliev boshqaradi.
Shu tariqa toshkentlik referi 1,5 yillik tanaffusdan keyin yana Namangan klubi ishtirokidagi uchrashuvda ishlaydi. U oxirgi bor "Navbahor"ning o‘yinini 2021 yilning avgust oyida boshqargan bo‘lib, o‘shanda "lochinlar" "So‘g‘diyona"ga imkoniyatni boy berishgan edi (1:0).



Fikrlar