Nainggolanga "Sampdoriya" xaridor bo‘lmoqda, ammo u sobiq jamoasiga qaytmoqchi

  • 25 iyul, 2019, 20:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Inter” klubi yarim himoyachisi Raja Nainggolan jamoasini o‘zgartirishga yaqin turibdi.

Tecno

Sky Sport Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 31 yoshli belgiyalik futbolchining xizmatlariga “Sampdoriya” klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Biroq, uning o‘zi 2010-2014 yillarda to‘p surgan sobiq jamoasi “Kalyari”ga qaytmoqchi.

Nainggolan allaqachon agenti orqali sobiq jamoasi bilan aloqaga chiqqan. Ayni damda tomonlar ushbu transfer masalasini muhokama qilishmoqda.

Ma’lumot uchun, Nainggolan o‘tgan mavsum “Inter” safida A Seriyada jami 29ta o‘yinda maydonga tushdi va 6ta gol hamda 3ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!