Nainggolan uchun 4-klub kurashga qo‘shildi

  • 31 iyul, 2019, 11:34
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Milanning "Inter" klubi yarim himoyachisi Raja Nainggolan uchun yana bir klub kurash boshladi. Bu haqda italiyalik jurnalist Janluki Di Martsio xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 31 yoshli belgiyalik futbolchi uchun to‘rtinchi da’vogar “Fiorentina” klubi bo‘ldi. Ta’kidlash kerakki, unga shuningdek "Zenit", "Sampdoriya" va "Kalyari" jamoalari ham kurash olib borishmoqda.

Ma’lumot uchun, “Inter” Nainggolanni o‘tgan yoz “Roma”dan 38 mln evroga sotib olgan edi. U yakunlangan mavsum “neradzurrilar” safida 36ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 7ta gol hamda 10ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!