
Nainggolan faoliyatini Indoneziyada davom ettiradi
Rasman Rojan Nainggolan faoliyatini Indoneziya chempionatining "Bxayangkara" klubida davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda jamoa rasmiy sahifasi orqali ma’lum qildi.
Belgiyalik yarim himoyachi bizga "Roma"dagi o‘yinlari orqali tanish. Shuningdek, futbolchi "Inter", "Kalyari" va "Antverpen" kabi jamoalarda to‘p tepgan. U so‘nggi marta "Spal"da harakat qildi va yozgi transferlar oynasida erkin agentga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, "Bxayangkara" chempionat turnir jadvalida so‘nggi 18-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar