
Nahotki! Ronaldu "Al-Nassr"ga o‘tishini inkor etdi
Jahon chempionati nimchorak final bosqichidan o‘rin olgan Portugaliya va Shveytsariya jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tdi. Mazkur bellashuvda portugallar 6:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Ushbu bahsdan so‘ng portugallar sardori Krishtianu Ronalduga uning "Al-Nassr"ga o‘tayotgani haqida savol berishdi.
"Yo‘q, yo‘q. Bu haqiqat emas. Sizlarga noto‘g‘ri ma’lumot tarqatishgan", - deya qisqa qilib javob qaytargan Ronaldu.
Eslatib o‘tamiz, chorak finalda Portugaliya terma jamoasi Marokashga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar