Nahotki? Messi “Barselona”ga qaytishi mumkin

  • 8 avgust, 2022, 13:48
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jurnalist Xavi Kamposning xabar berishicha, "Barselona" PSJ hujumchisi Lionel Messini ortga qaytarish uchun futbolchining agentlari bilan muzokaralar olib bormoqda. Bu katta ehtimol bilan 2023 yilning yozida amalga oshiriladi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, ayni payt 35 yoshli argentinalik futbolchining Kataloniya klubiga qaytishi uchun ko‘plab imkoniyatlar mavjud.

Messi 2003 yildan 2021 yilgacha “ko‘k-anorranglilar” safida o‘ynagan. U 2021 yil 10 avgust kuni erkin agent sifatida Parij klubiga kelib qo‘shilgan edi.

Hujumchi o‘tgan mavsumda parijliklarning barcha turnirlar doirasidagi 34 o‘yinda maydonga tushib, 11 gol va 15 golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!