
Nahotki! Benzema faoliyatini yakunlamoqchi
Frantsiya terma jamoasi va "Real" Madrid klubi hujumchisi Karim Benzema faoliyatini yakunlamoqchi. Bu haqda Ispaniyaning "Relevo" nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, futbolchi "Real"dan mavsum so‘ngida ketishni rejalashtirgan. Avvalroq, u faoliyatini qachon yakunlashi haqidagi savolga, "Oltin to‘p" olganimda", - deya javob bergan edi.
Karim "Real"dan ketsa-da, Madriddan ketmoqchi emas. U ushbu shaharda yashashda davom etmoqchi.
Fikrlar